Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida “Dolzarb 90 kun” doirasida seminar tashkil etildi.

2025-yil 15-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼullari Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumiga tashrif buyurib, taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud infratuzilma, yoshlar bilan ishlash tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi. Unda viloyat kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlar hamda o‘rinbosarlar ishtirok etdi.

Seminar davomida yoshlar bandligini taʼminlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, texnikumda faoliyat yuritayotgan sport, xorijiy tili, santexnika va elektr ta’minoti bo‘yicha amaliy ko‘nikma beruvchi to‘garaklar faoliyati e’tirof etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan