⚡️ Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir muhim qadam!

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi hamda Zhejiang Construction Vocational and Technical College (Xitoy) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat ikki tomonlama akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan:

-talabalar almashinuvi,
-o‘qituvchilar malaka oshirishi,
-qo‘shma ta’lim loyihalari,
-xalqaro konferensiyalar va musobaqalar,
-“Xitoy tili + kasbiy ko‘nikmalar” dasturi kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

📚 Ushbu memorandum texnikumimizning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirish, o‘quvchilarga xorijiy tajribani o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Batafsil… (https://arxitek.sirdaryokhtb.uz/index.php/2025/07/17/xalqaro-hamkorlik-yolida-yana-bir-muhim-qadam/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan