Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi vakillarining ilgari Xitoyga tashrifi chog‘ida Sichuan arxitektura va texnologiya kolleji bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
🤝 Bugun esa ushbu kelishuv asosida hamkorlikning amaliy bosqichi boshlab yuborildi. Texnikumda Xitoy bilan o’tkazilgan onlayn hamkorlik yig‘ilishida tomonlar arxitektura va qurilish yo‘nalishida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi ishlab chiqishga kirishdi.
🎓 Ushbu dastur doirasida o‘quvchilar:
🔹 2 yil – Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida (O‘zbekiston),
🔹 1 yil – Sichuan arxitektura va texnologiyalar kollejida (Xitoy) tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📄 Dastur yakunida o‘quvchilar ikki davlat tomonidan tan olingan diplomga ega bo‘ladilar. Bu esa bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi.
📚 Mazkur tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi kasbiy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlab, yosh avlodga zamonaviy va global mehnat bozoriga mos bilim va ko‘nikmalarni berishga xizmat qiladi.
🤝 Yig‘ilishda ikki tomonning vakillari — Dong Simeng (Sichuan kolleji) va Liu Chao (Xitoy–O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi alyansi Bosh kotibi) hamda S.Qo’ziboyev (Sirdaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi sho’ba mudiri), I.Boydavlatov (texnikum direktori)ishtirok etdilar.