📌 Boyovut tuman 2-son politexnikumida 2025-yil yakuniga oid «Yakuniy davlat attestatsiyasi» jarayonlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
👨🔧👩💻 Attestatsiya doirasida texnikumda tahsil olayotgan bitiruvchi o‘quvchilar o‘zlarining tanlagan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Maxsus komissiya a’zolari tomonidan har bir o‘quvchining tayyorgarligi va bilim darajasi sinchiklab baholandi.
🎓 Yakuniy attestatsiya bitiruvchilar uchun nafaqat bilim va malaka sinovi, balki ularning kelajakdagi mehnat faoliyatiga tayyorligini baholashda ham muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.
✅ Tadbir texnikum bitiruvchilarining kasbiy salohiyati yuksak darajada shakllanganini ko‘rsatdi.




