
Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish va raqamlashtirish bo‘yicha muhim vazifa va maqsadlar belgilandi
“Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. (https://uza.uz/uz/posts/davlat-fuqarolik-xizmatini-yangi-yondashuvlar-asosida-tashkil-etish-hamda-professional-va-natizhadorlikka-yonaltirilgan-davlat-xizmatchilari-korpusini-shakllantirish-chora-tadbirlari-togrisida_732601)
Farmonda davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda ushbu borada preventiv mexanizmlarni joriy etishga oid muhim maqsad va vazifalar belgilandi.
Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazi bilan birgalikda:
- Agentlik buyurtmasi asosida rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholash mexanizmini joriy etadi;
-davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish bo‘yicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida taʼsirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflar ishlab chiqadi;
- korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholash uslubiyatini takomillashtiradi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladigan Davlat organlari faolligining milliy reytingida:
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining raqamlashtirilganlik darajasi kabilar asosiy yo‘nalishlardan etib belgilanmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi;
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi;