Karyera markazlari Yoshlarning bandligini ta’minlash, ish beruvchilar bilan uzviy aloqani kuchaytirish va o‘quvchilarning real ishlab chiqarish jarayonlariga integratsiyasini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
📌 Ushbu markazlar orqali quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborildi:
🔹 Karyera kunlari — texnikumlarda muntazam ravishda o‘tkazilib, o‘quvchilar ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lishmoqda.
🔹 Mahorat darslari — muvaffaqiyatga erishgan korxona rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilmoqda.
🔹 Korxona va tashkilotlarga tashriflar, hamkorlikdagi seminar-treninglar, dual ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy qadamlar tashlanmoqda.
🔹 Ishga joylashtirish — bitiruvchilarni bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, ichki va tashqi mehnat bozori bilan tanishtirish ishlari boshlangan.



