🧵 Amaliyot – kasbga yo‘naltirilgan ishonchli qadam!

Sayxunobod tuman politexnikumining “Tikuvchilik” kasbi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchi qizlari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “FULLCOTTON” MCHJ tikuvchilik qo‘shma korxonasida amaliyot o‘tamoqda.

📍 Ushbu tashabbus orqali o‘quvchilar ishlab chiqarish muhitida tajriba orttirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash va kelgusida ish faoliyatiga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

👩‍🏭 O‘quvchi qizlar tikuvchilik jarayonining barcha bosqichlarida ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini real amaliyotda sinovdan o‘tkazishmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan