Jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzani ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonuni loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom (https://regulation.adliya.uz/project/4331/9928?contentLang=oz) etmoqda.

Mazkur Qonun loyihasi bilan Milliy maʼruzani Oliy Majlis palatalariga taqdim etish muddati har yili 1 aprelgacha etib belgilanmoqda.

🗓Jamoatchilik muhokamasi 3 kundan so’ng yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy maʼruza Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili tayyorlanadi.

Maqsad — O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan huquqiy, tashkiliy-amaliy hamda institutsional islohotlar natijalari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish.

Milliy Maʼruza
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis palatalari
tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Agentlik tomonidan tayyorlangan Milliy maʼruzalar matni bilan bu yerda (https://aca.uz/oz/ozbekiston-respublikasida-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-togrisida-milliy-maruza) to‘liq tanishish mumkin.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan