📆 07-may, 2025-yil
📍 Yangiyer shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun muhim mavzularni qamrab olgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda:
🔹 Sirdaryo viloyati Migratsiya agentligi bo‘lim boshlig‘i Nabijon Abdualiev,
🔹 Yangiyer shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jasur Egamberdiyev,
🔹 Sirdaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining xorijiy tillarni ommalashtirishga mas’ul xodimi Malohat Mavlonova ishtirok etdi.
✅ Xorijiy davlatlarda rasmiy ishga joylashish tartibi;
✅ Tibbiy sug‘urta, turar joy va ijtimoiy kafolatlar haqida ma’lumotlar;
✅ Odam savdosiga qarshi kurash va noqonuniy migratsiyaning oldini olish bo‘yicha ogohlantiruvlar.
📢 Tadbir ishtirokchilari xorijga chiqishdan oldin rasmiy manbalar orqali to‘liq ma’lumot olishdi.


