Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, yoshlar ongida ekologik tarbiyani shakllantirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiluvchi tadbirlardan biri Boyovut tumani 1-son politexnikumida 2025-yil 8-may kuni oʻtkazildi.
“Birgalikda obodlik sari” nomli bu tashabbus doirasida oʻquvchilar va ustozlar birgalikda taʼlim muassasasi atrofini chiqindilardan tozalashdi, piyodalar yoʻlaklarini tartibga keltirishdi va obodonlashtirish ishlariga hissa qoʻshishdi. Eng quvonarlisi, bu ishlar bir martalik emas — har haftaning payshanba kuni bunday tadbirlar anʼanaga aylanishi rejalashtirilgan.
Tadbir orqali yoshlarga tozalik, tartib-intizom va ekologik madaniyatning ahamiyati tushuntirildi. Politexnikum jamoasi bu boradagi ishlarni izchil davom ettirishga bel bogʻlagan.


