Pedagoglar o‘rtasida sport musobaqasi — xotira, sog‘lom turmush va do‘stlik uyg‘unligi!

Joriy yil 3-may kuni Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumida Sirdaryo viloyatidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida sportning voleybol, shaxmat va shashka yo‘nalishlarida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa tizimda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, jismoniy tarbiya yo‘nalishining fidoyi ustozlaridan biri bo‘lgan marhum Norqulov Shuhrat Mamatovich xotirasiga bag‘ishlandi.

Musobaqalar davomida o‘qituvchilar o‘z jismoniy va intellektual salohiyatlarini namoyon etib, do‘stona muhitda tajriba almashdilar. Har bir bahs sportga bo‘lgan muhabbat, jamoaviylik va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi.

♟ Shaxmat musobaqasi – aql va mantiq bellashuvi!

Kasbiy ta’lim tizimi pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida shaxmat yo‘nalishi alohida qiziqish bilan o‘tdi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida aql, sabr va strategiya kurashiga boy bahslar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Erkaklar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — B. Jalolov, Sirdaryo tuman politexnikumi
🥈 2-o‘rin — O. Shodmonov, Xovos tuman 1-son politexnikumi
🥉 3-o‘rin — A. Sodiqov, Mirzaobod tuman politexnikumi

🔹 Ayollar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Sh. Ibragimova, Mirzaobod tuman politexnikumi
🥈 2-o‘rin — N. Turdiboyeva, Sayhunobod tuman 1-son politexnikumi
🥉 3-o‘rin — G. Mamaraimova, Boyovut tuman 2-son politexnikumi

🎯 Shashka musobaqasi — diqqat, tezkorlik va mantiq mezoni!

Kasbiy ta’lim tizimi pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarining shashka yo‘nalishida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida qizg‘in bahslar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

🔹 Erkaklar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — J. Jo‘rayev, Sayhunobod tuman 2-son politexnikumi
🥈 2-o‘rin — N. Usmonov, Guliston tuman politexnikumi
🥉 3-o‘rin — U. Davlatov, Sirdaryo pedagogika texnikumi

🔹 Ayollar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Z. Rasulova, Sayhunobod tuman 1-son politexnikumi
🥈 2-o‘rin — B. Qorabekova, Guliston tuman politexnikumi
🥉 3-o‘rin — G. Rustamova, Sirdaryo tuman politexnikumi

🏐 Voleybol musobaqasi — yakuniy natijalar!

Kasbiy ta’lim tizimi pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqasining voleybol yo‘nalishida kuchli jamoalar o‘rtasida murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Yakunda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egallashdi:

🥇 1-o‘rin — Sayhunobod tuman 2-son politexnikumi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Sirdaryo transport texnikumi
🥉 3-o‘rin — Guliston tuman politexnikumi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan