Xovoslik iqtidorli o‘quvchi – yoshlarga o‘rnak!

Xovos tumani 2-son politexnikumi bitiruvchi-o‘quvchisi Muhammadjonov Baxodir Aziz o‘g‘li o‘z iqtidori va mehnatsevarligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lmoqda. U avtomobil diagnostikasi va elektron boshqaruv tizimlari bilan shug‘ullanib, ushbu sohada tajriba orttirgan. Ayni paytda u o‘z bilim va ko‘nikmalari orqali 5 million so‘mgacha daromad topmoqda.

Baxodir ingliz tili, tarix va ona tili fanlaridan sertifikatlarga ega bo‘lib, ilm olish va rivojlanishga katta eʼtibor qaratadi. Kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni maqsad qilgan.

Bu yutuq nafaqat uning mehnati natijasi, balki barcha yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan eʼtirof va ilhom manbaidir!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan