Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining 2020–2023 yillar bitiruvchisi Shakhnozabonu Mamedova o‘zining bilimga chanqoqligi va mehnatsevarligi bilan yoshlarga ibrat bo‘la oladigan darajaga yetdi.
U texnikumda Feldsher-akusherlik yo‘nalishida o‘qib, o‘zining faolligi va yuqori bilim darajasi bilan ajralib turgan. Bitiruvdan so‘ng xalqaro Turkiya grantini qo‘lga kiritib, hozirda Sakarya Universiteti Sog‘liq Bilimlari Fakulteti Akusherlik yo‘nalishi 2-bosqichida tahsil olmoqda.
Shuningdek, u O‘zbekiston talabalari jamiyati sardori sifatida ijtimoiy loyihalarda ham faol ishtirok etmoqda.
Shakhnozabonu: “Texnikum – bu boshlanish. Mehnat qilsangiz, yuksalish imkoniyati bor,” deya ta’kidlaydi.


