📚 Sirdaryo viloyati Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshi esselar” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📌 Ushbu bosqichda 22 ta politexnikum va 2 ta akademik litseydan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z ijodiy yondashuvlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishdi.
📝 Tanlovda o‘quvchilar “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida o‘z fikr-mulohazalari, hayotiy qarashlarini aks ettirgan esselar bilan ishtirok etdilar.
🏆 Natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin –M.Abdurasulova (Oqoltin tuman politexnikumi)
🥈 2-o‘rin –I.Jalilova (Guliston tuman politexnikumi)
🥉 3-o‘rin – I.Odilbekova (Sayxunobod tuman 1-sonli politexnikumi)ga nasib etdi.
🎖 G‘oliblar diplom va statuetkalar bilan taqdirlanib, ularning mehnati munosib e’tirof etildi.









