Sirdaryoda “Germaniya tibbiyot akademiyasi” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 2025-yil 22-may kuni Shveytsariyaning “GLOBOGATE Concept AG” kompaniyasining O‘zbekistondagi “Germaniya tibbiyot akademiyasi” loyihasi koordinatori N.Tillashayxova va rekruting bo‘yicha koordinatori A.Abdujabborovlar ishtirokida taqdimot tashkil etildi.

Unda 2025-yil sentabr oyidan boshlab texnikumda 2 ta sinf tashkil etilishi, ularga maktab bitiruvchilari suhbat asosida saralab olinishi ma’lum qilindi.

3 yil davomida o‘quvchilar nemis tili hamda Germaniya tibbiyot akademiyasi dasturiga muvofiq 5 ta qo‘shimcha fan bo‘yicha tahsil olib, B2 darajadagi xalqaro nemis tili sertifikatini qo‘lga kiritgach, Germaniyada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari tushuntirildi.

Tadbir yakunida nemis tilidagi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan