«Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!» – esse tanlovi bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarda o’quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida ijodiy esse tanlovi bo‘lib o‘tdi.

✅ Tanlovning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning korrupsiya holatlariga qarshi bilim va malakalarini oshirish, ularda bu illatga nisbatan tanqidiy yondashuv va huquqiy ongni shakllantirishdan iborat.

🎯 Tanlov doirasida quyidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratildi:
▪️ ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
▪️ o‘quvchilarni korrupsion holatlardan ogoh etish;
▪️ iste’dodli yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash;
▪️ yoshlarni Vatanga sadoqatli, yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash.

📚 Tanlovda o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalari, takliflari va ijodiy qarashlari bilan ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan