Dual ta’lim: amaliyot va nazariyaning uyg‘unlashuvi yo‘lida

2025-yil 14-may kuni “Dual taʼlimni tashkil etishning afzalliklari” mavzusiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi mezbonligida tashkil etildi.

🔹 Forumning kirish so‘zida Sirdaryo viloyati hokimligi vakili U.Abdullayev so‘zga chiqib, hududda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar va dual ta’limning dolzarbligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

🗣 Forum davomida quyidagi mavzularda ma’ruzalar tinglandi:

▪️ “Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda taʼlim muassasalari integratsiyasi” S.Mamanazarova – Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

▪️ “Dual taʼlimni tashkil etishda korxonaning ahamiyati” E.U.Movlonqulov – “YUZTEX Sirdaryo” MCHJ rahbar o‘rinbosari

▪️ “Sirdaryo viloyatida dual taʼlimni tashkil etish imkoniyatlari” A.Mamatqulov – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

📌 Tadbirda taʼlim muassasalari vakillari, ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va sohaga aloqador mutaxassislar ishtirok etdi.

🔎 Forumda bildirilgan taklif va mulohazalar hududda dual taʼlimni keng joriy etish, o‘quvchilarni real mehnat muhitiga yaqinlashtirish va zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan