2025-yil 18-aprel kuni Sirdaryo pedagogika texnikumida “To‘g‘ri tanlangan kasb – insonni baxtga yetaklaydi” shiori ostida umumta’lim maktablarining 9–11-sinf bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bitiruvchilar texnikumda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, axborot-kutubxona markazi va ta’lim jarayonidagi yangiliklar bilan yaqindan tanishdilar.
💬 Bitiruvchilar bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida ularni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.
🎓 Tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti vakillari ham ishtirok etib, abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasiga kirish tartibi, imtiyozlar va mavjud imkoniyatlar haqida to‘liq ma’lumot berishdi.





