«Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmon qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, joriy yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:

▫️Milliy kengash har yili hududlar kesimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “yo‘l xarita”sini tasdiqlaydi va ijrosini nazorat qilib boradi;

▫️Oliy Majlis palatalari har yili byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan 3 ta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

▫️vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashida ko‘rib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq rejasi himoya qilinishi yo‘lga qo‘yiladi;

▫️xalqaro tajriba asosida kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

▫️“Jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi” davomida har oyning 1–5 sanalarida reja asosida “qizil” toifadagi mahallalarga tushib, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilinib, hududlardagi prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari faoliyati samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan