2025-yil 15-aprel kuni Mirzaobod tuman politexnikumida o‘quv jarayonini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ochiq darslar hamda master-klasslar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar ilg‘or pedagogik usullar va yondashuvlarni amaliy tarzda kuzatish, o‘zaro fikr almashish, tajriba orttirish va o‘z malakalarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ochiq darslar jarayonida:
➖innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish,
➖o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish,
➖amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar taqdim etildi.
Tadbir yakunida mehmonlar ochiq darslar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, samarali ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan foydali tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.






