Guliston tuman politexnikumida “Korrupsiyaga qarshi kurashish — umummilliy vazifa” tamoyili asosida qator ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida o‘qituvchilar va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi, shuningdek, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Targ‘ibot ishlari orqali ishtirokchilarda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, adolat, halollik va qonun ustuvorligi tamoyillarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.




