Joriy yil 16-oktyabr kuni Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi Xitoy Xalq Respublikasining “Yalong Science and Technology Group Co., Ltd.” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
🇨🇳 Yalong Technology — Xitoyda kasbiy ta’lim uchun innovatsion yechimlar va o‘quv uskunalarining yetakchi yetkazib beruvchisi bo‘lib, asosiy yo‘nalishlari — aqlli ishlab chiqarish, sanoat robotlari, sanoat interneti va sun’iy intellekt sohalaridir.
🔹 Tashrif davomida mehmonlar texnikumdagi yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni, ustaxonalar, o‘quvchilarning turar joyi va sport majmuasi bilan yaqindan tanishdilar.
🔹 Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro muloqot olib borib, texnikum ravnaqi va rivojlanishi bo‘yicha takliflar almashdilar.