📅 2025-yil 6-avgust kuni Sirdaryo viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan “O‘quv jarayoni sifatini tubdan yaxshilashda innovatsion texnologiyalarning o‘rni” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda «Yangi Sirdaryo» (https://t.me/yangisirdaryogazetasi) gazetasi muharrirlari, «Sirdaryo sadosi» (https://t.me/SirdaryoSadosi) telegram kanali mas’ullari hamda boshqa OAV vakillari ishtirok etishdi.
Asosiy muhokama yo‘nalishlari quyidagilar bo‘ldi:
1️⃣ Kasbiy ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish
O‘quv jarayoniga raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar va simulyatorlar tatbiq qilinayotgani aytib o‘tildi.
2️⃣ Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
Texnikumlar uchun zamonaviy o‘quv dasturlari, ilg‘or pedagogik metodikalar hamda malakali ustozlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
3️⃣ Ochiklik va muloqot
Anjuman davomida jurnalistlar va blogerlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha va asosli javoblar berildi.
