🎯 Dastur maqsadi:
Turizm va gidlikka qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
Tajribali gidlar bilan “ustoz-shogird” tizimida stajirovka tashkil etish;
Yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazish.
❇️Dastur bosqichlari:
– dasturda qatnashish istagida boʻlgan oliy va kasbiy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarini saralash;
– “Yosh gidlarni tayyorlash” bo’yicha qisqa muddatli kursda o’qish (4 hafta);
– oʻquvchi va talabalarga tajribali gidlarni biriktirish orqali 15 kunlik stajirovka tashkil etish.
✅ Ishtirokchilarga beriladigan imkoniyatlar:
▪️Tajribali gidlar bilan stajirovka (15 kun);
▪️Yo‘l haqi (500 ming so‘m) va yashash xarajatlari (1 mln so‘m) uchun moliyaviy ko‘mak;
▪️30% chegirma bilan gid-tarjimonlar tayyorlash bo’yicha 6 oylik to’liq kursda o‘qish huquqi.
🗓 Arizalar qabul qilinadi:
📅 22–26 iyul, 2025-yil
📧 Ariza va 200–300 so‘zli motivatsiya xatlarini quyidagi oliy ta’lim muassasasining elektron manziliga yuboring.
❗️Nomzodlar kamida bitta horijiy tilni bilishi zarur.
🏫 Kurslar o‘tkaziladigan OTMlar:1️⃣Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (info@tsuos.uz);
2️⃣O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (uzdjtu@uzswlu.uz)
3️⃣“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti (info@univ-silkroad.uz)
4️⃣Urganch davlat universiteti (info@urdu.uz)
5️⃣Samarqand davlat chet tillari instituti (info@samdchti.uz)
6️⃣Andijon davlat chet tillari instituti (asifl@edu.uz)
7️⃣Buxoro davlat universiteti (buxdu_rektor@buxdu.uz)