Xalqaro ta’lim dasturlarining kasbiy ta’lim tashkilotlarida ahamiyati.

Xalqaro ta’lim dasturlari o‘quvchilarga global ta’lim standartlariga moslashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatadi. Buning natijasida, o‘quvchilar nafaqat o‘z yurtida, balki xalqaro mehnat bozorida ham muvaffaqiyatli bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xalqaro dasturlar orqali kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilarga innovatsion texnologiyalarni o‘rgatib, ularga zamonaviy bilimlar asosida malaka oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Bu esa o‘quvchilarni global raqobatga tayyorlaydi.

Bu dasturlar orqali o‘quvchilarga xalqaro karyera imkoniyatlari, chet ellik talabalar bilan tajriba almashish va global tashkilotlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari ham taqdim etiladi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tuman politexnikumida (https://t.me/Sirdaryo_tumani_politexnikum) 2025/2026-o’quv yilida xalqaro ta’lim dasturi asosida o’quvchilarni qabul qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan