Sirdaryo tuman politexnikumida huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i podpolkovnik J. Boltayev, viloyat YXXB boshlig‘i podpolkovnik Sh. Abdunazarov, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O. Abdullayev, Paxtakor mahallasi profilaktika inspektori mayor E.Erkaboyevlar hamda o’quvchilarning ota-onalai ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida, o‘quvchilarning darslarga qatnashishi, odob-axloq qoidalariga rioya etishi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bir qatorda korrupsiyaning ta’lim tizimidagi salbiy oqibatlar, uning jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zararli ta’siri haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquq-tartibot organlari, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchi ekani, ayniqsa yosh avlodga halollik tamoyillarini singdirish orqali sog‘lom jamiyat barpo etish mumkinligi ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan