Xovos tuman 1-son politexnikumida xorijiy tillarni oʻqitish samaradorligi oshirilmoqda

Xovos tuman 1-son politexnikumida xorijiy tillarni oʻqitish samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha toʻgaraklar tashkil etildi. Mazkur toʻgaraklar xorijiy tillar boʻyicha sertifikat darajasini egallashni maqsad qilgan oʻquvchilar uchun yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularda talabalar til bilish darajasini oshirish va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega boʻlish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Qoʻshimcha toʻgaraklar orqali oʻquvchilar uchun zamonaviy taʼlim metodlari asosida darslar olib borilib, ularning til koʻnikmalari yanada mustahkamlanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan