Sirdaryo yuridik texnikumida o‘tkazilgan ochiq darslar va master-klasslar davomida mehmonlar texnikumning Axborot-resurs markaziga tashrif buyurib, uning adabiyotlar fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklar bilan tanishdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar texnikum psixologi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ular uchun tashkil etilgan psixologik treningda ishtirok etdilar. Ushbu trening o‘quvchilar va mehmonlarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, charchoqlarini yengish va kayfiyatlarini ko‘tarishga yordam berdi.
📌 Tadbir yakunida mehmonlar ochiq darslar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, samarali ta’lim berish uslublari bo‘yicha tavsiyalarni almashdilar. Shuningdek, yuridik texnikum pedagoglarini o‘zlari faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalariga tajriba almashish uchun taklif qildilar.
Bu kabi tadbirlar yosh avlodning bilim va malakasini oshirish, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.









