Shirin energetika kollejida xalqaro hamkorlik aloqalri bo‘yicha amaliy uchrashuv

Practical meeting on international cooperation at Shirin energy college

2024-yil 20-dekabr kuni Shirin energetika kollejida Toshkent viloyatlaridagi kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi vakillari ishtirokida amaliy-ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Shirin energetika kolleji direktori Alfarobi Xusanov kollejning faoliyati, xorijiy hamkorlik, shu jumladan, Saudiya Arabistonining “ACWA POWER” kompaniyasi bilan olib borilayotgan hamkorlik haqida taqdimot qildi.

Kollejda amalga oshirilayotgan xalqaro dasturlar, o‘quvchilarga o‘qitilayotgan maxsus fanlar va yangi kasb o‘qitish yo‘nalishlari, shuningdek, Belorusiya davlat energetika kolleji bilan hamkorlikda joriy yil boshidan tadbiq etilgan o‘quv dasturlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda “ACWA POWER” kompaniyasining Shirin energetika kollejini rivojlantirish bo‘yicha loyiha direktori Abdulmajid Azouz kompaniyaning o‘qituvchilar uchun tashkil etgan amaliy seminar va treninglari haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar kollejning o‘quv amaliyot ustaxonalari, mini stansiyalar va Sirdaryo IES filiali hamda yangi ish boshlagan “ACWA POWER” MCHJ stansiyalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, o‘rganilgan tajribani o‘z ta’lim muassasalarida tadbiq etish bo‘yicha kelishib oldilar.

On December 20, 2024, a practical and creative meeting was held at Shirin Energy College with the participation of the heads of vocational education institutions from Tashkent regions, representatives of the Ministry of Higher Education, Science and Innovation, and other relevant bodies. During the event, Alfarobi Khusanov, the director of Shirin Energy College, presented information about the college’s activities, international cooperation, and the ongoing collaboration with the Saudi Arabian company «ACWA POWER.»

The meeting highlighted international programs implemented at the college, special subjects taught to students, and new vocational education directions. Information was also shared regarding the joint educational programs launched earlier this year with the Belarusian State Energy College.

Abdulmajid Azouz, Project Director for Shirin Energy College at “ACWA POWER,” spoke about the practical seminars and training sessions organized for the college’s teachers by the company.

The participants also visited the college’s training workshops, mini stations, as well as the Sirdaryo IES branch and the newly established «ACWA POWER» LLC power plants. They got acquainted with the working conditions at these facilities. At the end of the event, participants exchanged opinions and agreed on applying the acquired experiences in their own educational institutions.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan